24 fev 12:39
Yangiliklar
Nodirbek Abdusattorov murabbiyini almashtirdi
— Hammasi faqat shaxmatchining o'ziga bog'liq emas. Atrofingdagi odamlar ham katta rol o'ynaydi. Murabbiylarni almashtirish qarori o'yinimga ijobiy tasir qildi. Samarqanddagi Grand Swiss turniridan keyin murabbiyimni o'zgartirdim. Oldin Rustam Qosimjonov bilan ishlardim, hozir esa u milliy terma jamoa bosh murabbiyligiga o'tdi. Olimpiadada jamoamiz sardori bo'ladi. Endi menda bitta emas, ikkita murabbiy bor. Lekin ularning ismini ayta olmayman. Ular Jahon kubogida bunchalik yomon o'ynashimni kutishmagan edi. O'zimga bir muddat natijaga haddan tashqari bog'lanmaslikni aytdim. Nomzodlar turniriga chiqish imkoniyatim yo'qolgach, shaxmatni natija uchun emas, zavq uchun o'ynay boshladim", dedi Abdusattorov.

Fikrlar