23 fev 18:16
Yangiliklar
Nodirbek Abdusattorov: “Nomzodlar turnirida eng katta imkoniyat - unda!”
Jahon chempionligi o'yini ehtimoli haqida gap ketganda ham Nodirbek Karuanaga ustunlik berdi:
"Taxminan 60/40 Fabi foydasiga. Gukeshning ham u bilan yaxshi natijalari bor, lekin baribir Fabining imkoniyati balandroq".
Nodirbekning takidlashicha, Nomzodlar turniri Karuana uchun hal qiluvchi bosqich:
"Bu juda katta to'siq. Agar u shu bosqichdan o'tsa, ishonchi yanada oshadi va matchda juda jiddiy raqibga aylanadi".
U shuningdek, Pragnanandxa va Javohir Sindarovning ham yaxshi imkoniyatlari borligini aytdi. Agar ikkisidan faqat birini tanlash kerak bo'lsa, Nodirbek ustunlikni Javohirga beradi.
- Agar Javohir Nomzodlar turnirini yutib, sizdan Jahon chempionligi matchida yordam berishni so'rasa, rozi bo'larmidingiz?
"Ha, albatta", dedi Abdusattorov.
Fikrlar