06 may 09:53
Yangiliklar
SHaxmat

Nodirbek Abdusattorov "ov"ga qaytmoqda
7-16 may kunlari Ruminiya poytaxti Buxarest shahrida klassik shaxmat bo'yicha nufuzli turnir bo'lib o'tadi.
Grand Chess Tour 2025 tasnifiga kiruvchi — Superbet Chess Classic Romania turnirining mukofot jamg'armasi 350 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Dunyoning ko'zga ko'ringan grossmeysterlari qatorida bosh sovrin uchun Nodirbek Abdusattorov ham bahs olib boradi.
Musobaqada amaldagi jahon chempioni hindistonlik Gukesh Dommaradje ham ishtirok etadi. SHuningdek, Fabiano Karuano (AQSH), Rameshbabu Praggnanandha (Hindiston), Alireza Firuzdja (Franciya), Uesli So (AQSH), Levon Aronyan (AQSH), Yan-Krishtoff Duda (Polsha), Maksim Vashe-Lagrav (Franciya) va mezbonlar vakili Bogdan Daniel Dik bahslarga kirishadi. Turnir 9 turdan iborat bo'ladi.
Havola :
Fikrlar