29 fev 08:25
Yangiliklar
Nodirbek Abdusattorov Praga turniridagi ikkinchi uchrashuvini o'tkazdi
Ushbu musobaqada Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etyapti. Hamyurtimiz ilk turda CHexiya sharafini himoya qilayotgan Nguen Tai Dai Vanni mag'lubiyatga uchratib, dunyo reytingida kuchli o'nlikka kirib olgani haqida xabar qilgandik.
Kecha turnirda 2-tur partiyalari o'ynaldi. Unda Nodirbek Abdusattorov qora donalarda hindistonlik Vidit Santosh Gujratiga qarshi bahs olib bordi va durangga imzo chekdi. Ochkolarini 1,5 taga etkazib olgan grossmeysterimiz turnir jadvalida 3-o'rinni egallab turibdi.
Eronlik Parham Maqsudlu yuz foizlik natija bilan musobaqa yakkakarvonboshisi bo'lib turibdi. U 2-turda hindistonlik Rameshbabu Praggnanadhani taslim etdi. Ikkinchi o'rindan joy olgan yana bir hind shaxmatchisi Dommaraju Gukeshda ham Nodirbek singari 1,5 ochko bor.
Fikrlar