06 mar 18:24
Yangiliklar
Nodirbek Abdusattorov Prague Masters chempioni!
Ayni daqiqalarda musobaqada so'nggi 9-tur uchrashuvlari davom etmoqda. Turnir jadvalida 5,5 ochko bilan peshqadam bo'lib turgan Nodirbek Abdusattorov oxirgi turda oq donalarda amerikalik Hans Mok Niemannga qarshi bahs olib bordi va durangga imzo chekdi.
Nodirbekning chempion bo'lishiga to'sqinlik qilishi mumkin bo'lgan yagona ishtirokchi niderlandiyalik Yorden van Forest biroz kutiilmaganda eronlik Parham Maqsudluga imkoniyatni boy berdi. Van Forest hatto durang o'ynaganida ham Nodirbek chempion bo'lar edi. Faqat Yordenning g'alabasigina tay-breklarga murojaat qilinishiga sabab bo'lardi.
So'nggi turda Nodirbek Yakubboev ham ajoyib g'alabani qo'lga kiritishga yaqin turibdi. U qora donalarda o'ynayotganiga qaramay, dunyoning to'rtinchi raqamli shaxmatchisi, germaniyalik Vinsent Keymerni mag'lub etishga muvaffaq bo'lmoqda.

Fikrlar