14 iyu 08:04
Yangiliklar
SHaxmat
Nodirbek Abdusattorov qatnashadigan Jahon kubogida shaxmat tarixidagi eng katta sovrin jamg'armasi o'ynaladi
SHu yilning 30 iyulidan 24 avgustiga qadar Boku shahrida shaxmat bo'yicha Jahon kubogi o'tkaziladi.
Ushbu musobaqaning sovrin jamg'armasi 2,5 mln evroni tashkil qiladi. Ayni damga qadar ochiq toifadagi turnirda erkaklardan 206dan 146 nafar, ayollarda esa 103dan 71 nafar shaxmatchining qatnashishi aniq bo'lib ulgurgan.
Jahon kubogida amerikalik Fabiano Karuana, francuz Maksim Vashe-Lagrav, hindistonlik Gukesh Dommaraju, o'zbekistonlik Nodirbek Abdusattorov, ozarbayjonlik Teymur Rajabov va SHaxriyar Mamedyarov kabi shaxmatchilar ham dona suradi.
Ushbu jahon kubogining eng yaxshi 3 nafar shaxmatchisi jahon toji uchun davogarlar turnirida qatnashadi va o'zaro yakuniy g'olibni aniqlashadi.
Havola :
Manba : fide.com
Fikrlar