So’nggi yangiliklar

15:05Дэн Хукер Арман Царукян жароҳат олганини айтмоқда + ФОТО 0 14:44Жорж Сент-Пьерр: "Чимаевни тўхтатиб бўлмайдиганга ўхшаяпти" 0 14:23"Барселона" ва ПСЖ УEФА томонидан муаммога учради. Нима бўлди? 0 14:01Мария Шарапова Уимблдон чемпионлги билан қайси ғалабасини тенг қўйиши мумкинлигини айтди 0 13:40Крис Вайдмен сафдан чиқди, Андерсон Сильвага янги рақиб берилди 0 13:19Қойил! Усик Энтони Жошуани Жейк Пол билан жангга тайёрлайди 0 12:58"Қизилқум" "Нефтчи"ни ютса, ҳар бир футболчи 40 миллион сўмдан олади 0 12:37Камару Усман Фрэнсис Нганнуни ҳимоя қилди 0 12:16Умар Нурмагамедов қайтишга тайёр 0 11:55Бўйи энг паст жаҳоннинг собиқ 26-ракеткаси 32 ёшида фаолиятини якунлади 0 11:34Расман. "Бухоро" ва "Хоразм" плей-оффни сафарда ўтказади 0 11:13Дана Уайт Хасбикнинг UFC билан шартномаси борми деган саволга жавоб берди 0 10:52Abu Dhabi Grand Slam 2025 турнирида иштирок этувчи жамоамиз таркиби тасдиқланди 0 10:31Италия Дэвис Кубогидаги 24 йиллик рекордни такрорлади 0 10:10Бугун "Нефтчи" 24 йиллик танаффусдан сўнг Ўзбекистон чемпиони бўлиши мумкин 0

20 dek 19:28
Yangiliklar

SHaxmat

Nodirbek Abdusattorov rapid yo'nalishi chempioni!

Ozarbayjon poytaxti Baku shahrida shaxmat bo'yicha nufuzli xalqaro turnir davom etmoqda.

Vugar Gashimov xotirasiga bag'ishlab o'tkazilayotgan ananaviy musobaqada dunyoning nomdor 10 grossmeysterlari qatorida rapid bo'yicha amaldagi jahon chempioni, Butunjahon shaxmat olimpiadasi g'olibi Nodirbek Abdusattorov ham bosh sovrin uchun dona suryapti.

Quvonarlisi, musobaqaning hozirgina yakuniga etgan rapid yo'nalishidagi bahslarida hamyurtimiz o'z peshqadamligini saqlab qolgani holda turnir chempioniga aylandi. Nodirbek uchinchi kun dasturida 1 g'alaba va 2 durang natija qayd etdi va 14 ochko bilan xalqaro xotira turniri g'olibligini qo'lga kiritdi. 

Abdusattorov 7-turda eng yaqin taqibchisi ozarbayjonlik Rauf Mamedovni mag'lubiyatga uchratdi. Ruminiyalik Richard Rapport hamda so'nggi turda hindistonlik Gukesh bilan durangga rozi bo'ldi. Yakunda 9 partiyadan 5 tasida g'alaba, 4 tasida durang o'ynab, musobaqani mag'lubiyatsiz yakunladi. 

Ertadan shaxmatchilar blic yo'nalishida musobaqani boshlashadi. 


Hamyurtimiz ishtirokidagi bugungi o'yinlar:

7-tur. Nodirbek Abdusattorov - Rauf Mamedov (Ozarbayjon) 1:0

8-tur. Nodirbek Abdusattorov - Richard Papport (Ruminiya) 0,5:0,5

9-tur. Gukesh (Hindiston) - Nodirbek Abdusattorov 0,5:0,5

Yakuniy turnir jadvali: Nodirbek Abdusattorov – 14 ochko, Valexo, Mamedov - 12, Van Xao - 10, Rapport, Mamedyarov - 8, Gadimbeyli, Gukesh - 7, SHenklend, Suleymanli – 6. 

Reyting: +1   

Fikrlar

   
20 dek 20:55:39
Dilshod Uzoqov
Yashavor.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing