So’nggi yangiliklar

17:52"Бунёдкор"да ўйнаган Пишурнинг ўғли "Жирона"га ўтмоқда 0 17:31Дана Уайт ўзига ёқмаган UFC жангчисига мағлубият тилаганини тан олди 0 17:10Дана Уайт Усик ва Zuffa Boxing билан музокаралар ҳақидаги миш-мишларга изоҳ берди 0 16:49Бокс бўйича Ўзбекистон чемпионати финалларидан ОНЛАЙН 0 16:39"Реал" ва Винисиус шартнома бўйича музокараларда олдинга силжиди 0 16:18Разамбек Жамалов, Абдурашид Садулаев Доғистондаги машғулотларда (ВИДЕО) 0 15:57Арман Царукян Аманда Нуньес билан жанг қилишга тайёр 0 15:3644 ёшли UFC афсонаси бугунги жисмоний ҳолатини кўрсатди + ФОТО 0 15:15"Барселона" Левандовскига шартномани узайтириш учун иккита талаб қўйди 0 14:54Жастин Гэтжи UFC`нинг бонуслар тизимини танқид қилди 0 14:12Шахматчиларимиз Таиландда йиғин бошлашди (ФОТО) 0 13:51Анчелотти ёзда Европага қайтиши мумкин 0 13:30Машҳур UFC cобиқ жангчиси Флоридада ҳибсга олинди — манба 0 13:09Белбоғли кураш федерацияси томонидан "Йил сарҳисоби" тадбири ўтказилди 0 12:48Жейк Пол ортиқ PFL жангчиси эмас! 0

03 iyu 11:08
Yangiliklar

SHaxmat

Nodirbek Abdusattorov Ruminiya turniri 6-turida Giri bilan o'ynadi + FOTO

Ruminiya poytaxti Buxarest shahrida shaxmat bo'yicha "Grand Chess Tour" seriyasi doirasidagi "Superbet Chess Classic Romania" turnir davom etmoqda.

O'z ichiga 5 ta turnirni jamlagan ushbu nufuzli shaxmat musobaqasining umumiy mukofot jamg'armasi 1,5 million AQSH dollarini tashkil etadi. Unda hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov (2766) ham o'z mahoratini namoyish etyapti. Kecha 6-turda u oq donalarda Anish Giri (Niderlandiya, 2745)ga qarshi bahs olib bordi va yana durangga imzo chekdi.   

Turnirning birinchi raqamli ishtirokchisi Fabiano Karuana (AQSH, 2805) ham oq donalarda FIDE bayrog'i ostida o'ynayotgan rossiyalik Yan Nepomnyashiy bilan murosaga keldi. Ushbu turda birgina franciyalik Alireza Firuzja g'alabaga erishdi. U amerikalik Uesli Sodan ustun keldi. Qolgan partiyalarda tomonlar durangga imzo chekishdi. 

6-turdan so'ng turnir jadvalida Karuana 4 ochko bilan yakka peshqadamlikni davom ettirmoqda. Firuzja, Praggnanandha va Gukesh hisobida 3,5 tadan ochko bor. Nodirbek Abdusattorov 2,5 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 8-o'rinni egallab turibdi. Uesli So va Anish Giri hisobida ham 2,5 ochkodan bor. Bugun Nodirbek 7-turda qora donalarda aynan Soga qarshi bahs olib boradi. 

Malumot uchun, "Superbet Chess Classic Romania" turnirining mukofot jamg'armasi 350 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. CHempion grossmeyster 100 000 dollarni qo'lga kiritadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing