So’nggi yangiliklar

15:34Чарльз Оливейра: "Бу сафар Конорга ишонаман" 0 15:13Octagon League Одилхон ва Камил Каратэ ўртасидаги трилогияни эълон қилди (ПОСТЕР) 0 14:52Камару Усман Исраэл Адесаньяга ишонади 0 14:31Тартиб-интизом қўмитаси қарорлари: "Қўқон-1912" мураббийи, "Навбаҳор" ҳамда бир неча футболчига чора кўрилди 0 14:10Макгрегор бокс жанги ўтказди, унда иккита нокдаун қайд этилди (ВИДЕО) 0 13:49Grenke Chess Festival 2026. Икки Нодирбек ва Шамсиддинда юз фоизлик натижа 0 13:28Пакьяо Мейвезер билан реванш бўйича баёнотга жавоб қайтарди 0 13:07Пеп Гвардиола "У бутун АПЛнинг ҳақиқий афсонаси" 0 12:46Олимпиада чемпиони Аспиналл ва Ган билан рақобат қила олишини айтди 0 12:25Кроуфорд рингга қайтиш масаласи бўйича қатъий фикр билдирди 0 12:04"Номзодлар турнири". Синдаров кетма-кет учинчи марта турнинг энг яхши шахматчиси! 0 11:43"Манчестер Сити"нинг "Ливерпуль"га қарши учрашуви учун тахминий таркиби маълум 0 11:22Дмитрий Бивол яна бир чемпионлик камаридан маҳрум бўлиши мумкин 0 11:01Афсонавий Гарри Каспаров Синдаровнинг иштирокига баҳо берди + ФОТО 0 10:40Усман Нурмагомедовнининг навбатдаги рақиби мағлубиятсиз жангчи бўлади 0

04 iyu 09:37
Yangiliklar

SHaxmat

Nodirbek Abdusattorov Ruminiya turniri 7-turida o'ta murakkab vaziyatdan chiqib ketdi + FOTO

Ruminiya poytaxti Buxarest shahrida shaxmat bo'yicha "Grand Chess Tour" seriyasi doirasidagi "Superbet Chess Classic Romania" turnir davom etmoqda.

O'z ichiga 5 ta turnirni jamlagan ushbu nufuzli shaxmat musobaqasining umumiy mukofot jamg'armasi 1,5 million AQSH dollarini tashkil etadi. Unda hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov (2766) ham o'z mahoratini namoyish etyapti. 

Kecha 7-tur uchrashuvlari o'tkazildi va etiborlisi, barcha partiyalar durang natija bilan yakunlandi. Abdusattorov qora donalarda Uesli So (AQSH, 2757)ga qarshi bahs olib bordi va yana durangga imzo chekdi. Bu safar u juda qiyin vaziyatdan chiqib ketdi va durangga erisha oldi.  

Turnirning birinchi raqamli ishtirokchisi Fabiano Karuana (AQSH, 2805) 7-turning markaziy bahsida Dommaraju Gukesh (Hindiston, 2763) bilan murosaga keldi. 7-turdan so'ng turnir jadvalida hech qanday o'zgarish kuzatilmadi. Karuana 4,5 ochko bilan yakka peshqadamlikni davom ettirmoqda. Firuzja, Praggnanandha va Gukesh hisobida 4 tadan ochko bor. 

Nodirbek Abdusattorov 3 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 8-o'rinni egallab turibdi. Uesli So va Anish Giri hisobida ham 3 ochkodan bor. Bugun Nodirbek 8-turda oq donalarda musobaqa autsayderi Bogdan-Danel Dyak (Ruminiya, 2680)ga qarshi bahs olib boradi. 

Malumot uchun, "Superbet Chess Classic Romania" turnirining mukofot jamg'armasi 350 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. CHempion grossmeyster 100 000 dollarni qo'lga kiritadi. 

Turnir ishtirokchilari: Fabiano Karuana (AQSH, 2805), Yan Nepomnyashhiy (FIDE, 2770), Nodirbek Abdusattorov (O'zbekiston, 2766), Dommaraju Gukesh (Hindiston, 2763), Uesli So (AQSH, 2757), Rameshbabu Pragnanandxa (Hindiston, 2747), Anish Giri (Niderlandiya, 2745), Alireza Firuzdja (Franciya, 2737), Maksim Vashe-Lagrav (Franciya, 2732), Bogdan-Danel Dyak (Ruminiya, 2680).

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing