29 iyu 12:38
Yangiliklar
Nodirbek Abdusattorov Ruminiya turniri peshqadami bilan murosaga keldi
O'z ichiga 5 ta turnirni jamlagan ushbu nufuzli shaxmat musobaqasining umumiy mukofot jamg'armasi 1,5 million AQSH dollarini tashkil etadi. Unda hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov (2766) ham o'z mahoratini namoyish etyapti. Kecha 3-turda u oq donalarda turnirning birinchi raqam ostida saralangan shaxmatchisi, musobaqa peshqadami Fabiano Karuana (AQSH, 2805)ga qarshi bahs olib borib, durangga imzo chekdi.
Uchinchi turnirning qolgan barcha partiyalarida ham tomonlar murosaga kelishgan. To'rtinchi tur oldidan qo'shhokimlik davom etadi. Karuana va hindistonlik Dommaraju Gukesh 2 ochkodan jamg'arib, turnir jadvalida peshqadamlik qilishyapti. Abdusattorov va ruminiyalik Bogdan-Daniel Dyak hisobida 1 ochkodan bo'lib, ular oxirgi o'rinlarda borishmoqda. Bugun Nodirbek 4-turda oq donalarda franciyalik Maksim Vashe-Lagravga qarshi bahs olib boradi.
Malumot uchun, "Superbet Chess Classic Romania" turnirining mukofot jamg'armasi 350 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. CHempion grossmeyster 100 000 dollarni qo'lga kiritadi.
Turnir ishtirokchilari: Fabiano Karuana (AQSH, 2805), Yan Nepomnyashhiy (FIDE, 2770), Nodirbek Abdusattorov (O'zbekiston, 2766), Dommaraju Gukesh (Hindiston, 2763), Uesli So (AQSH, 2757), Rameshbabu Pragnanandxa (Hindiston, 2747), Anish Giri (Niderlandiya, 2745), Alireza Firuzdja (Franciya, 2737), Maksim Vashe-Lagrav (Franciya, 2732), Bogdan-Danel Dyak (Ruminiya, 2680).
Fikrlar