30 iyu 12:51
Yangiliklar
Nodirbek Abdusattorov Ruminiya turnirida bir pog'ona yuqoriladi
O'z ichiga 5 ta turnirni jamlagan ushbu nufuzli shaxmat musobaqasining umumiy mukofot jamg'armasi 1,5 million AQSH dollarini tashkil etadi. Unda hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov (2766) ham o'z mahoratini namoyish etyapti. Kecha 4-turda u oq donalarda Maksim Vashe-Lagrav (Franciya, 2732)ga qarshi bahs olib bordi va durangga imzo chekdi.
Turnirning birinchi raqamli ishtirokchisi Fabiano Karuana (AQSH, 2805) ruminiyalik Bogdan-Daniel Dyakni mag'lub etib, 3 ochko bilan yakka peshqadam bo'lib oldi. Hindistonlik Dommaraju Gukesh franciyalik Alireza Firuzja bilan murosaga keldi. Yana bir hind shaxmatchisi Rameshbabu Pragnandha niderlandiyalik Anish Girini engib, ochkolarini 2,5 taga etkazib oldi.
Bugun Nodirbek 5-turda qora donalarda Gukeshga qarshi bahs olib boradi. Hind grossmeysteri 2,5 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 3-o'rinni egallab turibdi. Abdusattorov esa 1,5 ochko bilan 8-o'ringa ko'tarilib oldi.
Malumot uchun, "Superbet Chess Classic Romania" turnirining mukofot jamg'armasi 350 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. CHempion grossmeyster 100 000 dollarni qo'lga kiritadi.
Fikrlar