06 iyu 13:06
Yangiliklar
SHaxmat
Nodirbek Abdusattorov Ruminiyadagi turnirda qancha "gonorar" ishlab oldi?
Ruminiya poytaxti Buxarest shahrida o'tkazilgan shaxmat bo'yicha "Grand Chess Tour" seriyasiga kiruvchi "Superbet Chess Classic Romania" turniri yakunlandi.
O'z ichiga 5 ta turnirni jamlagan ushbu nufuzli shaxmat musobaqasining umumiy mukofot jamg'armasi 1,5 million AQSH dollarini tashkil etadi. Buxarestdagi turnirda hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov (2766) ham ishtirok etib, 8 durang va 1 mag'lubiyat bilan yakunda 9-o'rinni egalladi. Bu esa unga 14 500 AQSH dollari miqdoridagi mukofot pulini taqdim etdi.
CHempion Fabiano Karuana 68 750 AQSH dollariga ega bo'ldi. Keyingi o'rinlarni egallagan uch nafar grossmeyster - franciyalik Alireza Firuzja, hindistonliklar Dommaraju Gukesh va Rameshbabu Pragnanandhaning har biri 58 750 dollaridan mukofot puliga ega chiqqan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar