So’nggi yangiliklar

20:50Арман Маханов иштирокидаги жанг 1-раунддаёқ тугади 0 20:37"Реал" яна бир ҳимоячисини йўқотди 0 20:18Тўрабек Ҳабибуллаев иштирокидаги жанг муддатидан олдин якунланди 0 19:59Freestyle Chess Grand Slam Finals. Жавоҳир Синдаров Фабиано Каруанани ҳам таслим этди 0 19:52Жавоҳир Умматалиев ЖЧдаги учинчи жангида ҳам ғалабага эришди 0 19:26Бокс. Қозоғистон ЖЧ-2025'да илк йўқотишга учради 0 18:21IBA Жаҳон чемпионати. Асадхўжа Мўйдинхўжаев арман боксчисига қарши рингга чиқди 0 17:26​Breaking! Салоҳ "Интер"га қарши ўйин қайдномасидан тушиб қолди 0 17:05Тайсон Фьюри яна рингга қайтишга шама қилди 0 16:44Пётр Ян: "Энди ҳаммаси жойида" 0 16:23Freestyle Chess Grand Slam Finals. Жавоҳир Синдаров Магнус Карлсенни таслим этди 0 15:46"Барселона" етакчисини "Манчестер Сити"га сотмайди 0 15:25Forbes теннисчиларнинг мукофот пуллари бўйича рейтингни янгилади. Алькарас Топ-10, Медведев - 13-ўрин! 0 15:04UFC раҳбарияти Шон О`Мэллини Пётр Янга рақиби сифатида кўрмоқда 0 14:43Жошуа Ван танқидларга жавоб берди: "Мен ғалаба қозондим!" 0

20 jan 16:33
Yangiliklar

SHaxmat

Nodirbek Abdusattorov Rustam Qosimjonovning tarixiy rekordini yangiladi

Nodirbek Abdusattorov Rustam Qosimjonovning rekordidan o'zib ketdi.

Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida shaxmat bo'yicha nufuzli "Tata Steel Chess-2023" turniri bo'lib o'tmoqda.

Kecha "Masters" guruhida ishtirok etayotgan hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov 5-tur doirasida norvegiyalik Magnus Karlsenni mag'lubiyatga uchratdi va guruhda 4 ochko bilan peshqadamga aylanib oldi.

SHundan so'ng, Abdusattorovning FIDE reytingidagi ochkolari soni 2731 taga etdi va Nodirbek bu borada O'zbekiston shaxmati tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdi. Bungacha eng yaxshi natija Rustam Qosimjonovga tegishli bo'lib turgan edi. Qosimjonov 2015 yilda reytingdagi ochkolari sonini 2715 taga etkazib, O'zbek shaxmatchilari orasidagi eng yaxshi natijani qayd etgan edi.

Abdusattorov bugun "Tata Steel Chess-2023" musobaqasining 6-turi doirasida ayni damda musobaqa jadvalining 3-pog'onasida borayotgan hindistonlik Pragnanandaga qarshi dona suradi. Hamyurtimiz ushbu bahsda oq donalarda harakat qiladi. Bahs Toshkent vaqti bilan 18:15 da boshlanadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing