10 avg 12:09
Yangiliklar

Nodirbek Abdusattorov Saint Louis Rapid & Blitz turnirida ishtirok etadi
Bu hisob bo'yicha GCT turkumidagi to'rtinchi musobaqa bo'lib, dunyoning ko'zga ko'ringan yulduzlari bosh sovrin uchun o'zaro bahslarga kirishadi. 15 avgustga qadar davom etadigan turnirda hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov yurtimiz sharafini himoya qiladi.
Musobaqa formatiga ko'ra, o'yinlar 3 kun rapid (25+10) va 2 kun blic (5+2) yo'nalishida o'tkaziladi. Rapidda g'alaba uchun 2, blicda esa 1 ochko beriladi. Rapid turniri 9 tur, blic musobaqasi esa aylana tizimda 18 turdan iborat bo'ladi.
Saint Louis Rapid & Blitz turniri ishtirokchilari: Nodirbek Abdusattorov, Fabiano Karuana (AQSH), Gukesh Dommaradju (Hindiston), Maksim Vashe-Lagrav (Franciya), Uesli So (AQSH), Le Kuang Lem (Vetnam), Lener Domingez (AQSH), Levon Aronyan (AQSH), Sem SHankland (AQSH), Grigoriy Oparin (AQSH)
Fikrlar