So’nggi yangiliklar

19:13Ҳали қайдномага ҳам кириб улгурмаган "Насаф" легионери сафдан чиқди 0 18:52Бенавидеснинг мураббийи Бетербиевга қарши жанг ҳақида гапирди 0 18:24Хабиб Нурмагомедов Махачев учун ярим ўрта вазндаги рақибларни санади 0 18:03"Чимаевнинг Р4Р рейтингидаги ўрни — Топурия ва Махачевдан кейин" - Кормье 0 17:4316 ёшли Рио "Ливерпуль" тарихига кирди 0 17:27"Оливейрани нокаут қила оламан" - Физиев 0 17:08Гандбол. ЖЧга йўл олгани айтилган терма жамоамиз дисквалификация қилиндими? 0 16:52Вилоят ижрочи директорлари Олимпия шаҳарчасини томоша қилишди ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:25Тони Фергюсон: "Макгрегор мендан қўрққани учун жанг қилмади" 0 16:01"Реал" собиқ футболчиси "Байер"га ўтади 0 15:39Рамазон Темиров UFC рейтингида пастлади 0 15:17Магомед Анкалаев қачон оғир вазнга ўтишини айтди 0 14:53Физиев: "Оливейранинг мухлислари менга мотивация беради" 0 14:32Cергей Фомин япониялик теннисчи олдида ожиз қолди 0 14:11МЮнинг яна бир иқтидор соҳиби ёзда жамоани тарк этмоқчи 0

13 avg 13:47
Yangiliklar

SHaxmat

Nodirbek Abdusattorov Saint Louis Rapid & Blitz turniridagi ishtirokini boshladi

AQSHning Missuri shtati Sent-Luis shahrida shaxmat bo'yicha dunyoning ko'zga ko'ringan grossmeysterlari ishtirokida nufuzli turnir start oldi.

Saint Louis Rapid & Blitz musobaqasi "Grand Chess Tour" loyihasi doirasidagi to'rtinchi turnir bo'lib, uning mukofot jamg'armasi 175 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Kecha boshlangan turnirning g'olib va sovrindorlari 16 avgust kuni malum bo'ladi. Bosh sovrin uchun birinchi raqamli shaxmatchimiz Nodirbek Abdusattorov ham kurashga kirishdi.  

Turnir aylanma formatda, rapid va blic yo'nalishlarida vaqt nazoratida o'tkazilyapti. Grossmeysterlar 9 tur rapid. 18 tur blic yo'nalishida o'zaro dona surishadi. Musobaqaning dastlabki uch kuni rapid, qolgan ikki kuni blic bahslari tashkil etiladi. Rapid qismidagi g'alabaga 2, durangga 1 ochko beriladi. 

Turnir ishtirokchilari: Nodirbek Abdusattorov (O'zbekiston), Levon Aronyan, Fabiano Karuana, Hikaru Nakamura, Lener Dominges, Uesli So (hammasi AQSH), Maksim Vashe-Lagrav, Alirizo Firuzja (ikkisi Franciya), Yan Nepomnyashiy (FIDE), Rameshbabu Pragnanandha (Hindiston)

Musobaqaning ilk kuni shaxmatchilar 3 ta turda to'qnash kelishdi. Nodirbek Abdusattorov 1 tadan g'alaba, durang va mag'lubiyat qayd etdi. Hamyurtimiz mezbonlar vakili Hikaru Nakamurani mag'lub etishni uddaladi. Franciyalik Maksim Vashe-Lagravga imkoniyatni boy berdi. Lener Domingez bilan murosaga keldi. U 3 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 5-o'rinni egallab turibdi.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing