So’nggi yangiliklar

16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0

29 sen 08:04
Yangiliklar

SHaxmat

Nodirbek Abdusattorov SHusha turnirida ikkinchi o'rinni egalladi + FOTO

Ozarbayjonning SHusha shahrida shaxmat bo'yicha Vugar Gashimov xotirasiga bag'ishlab o'tkazilgan ananaviy musobaqa o'z yakuniga etdi.

Musobaqa rapid va blic yo'nalishlarida o'tkazilib, g'olib va sovrindorlar ikki turnirning umumiy natijalari yig'indisiga ko'ra aniqlandi. O'z tarixida 10-marotaba tashkil etilgan ushbu nufuzli turnirda jami 8 nafar grossmeyster, ular qatorida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etdi. Mamlakatimizning birinchi raqamli shaxmatchisi mazkur musobaqaning 2022 yilgi chempioni hisoblanadi. 

Nodirbek blic bahslarida ajoyib natija qayd etdi. U 10 ochko jamg'arib, blic yo'nalishida 1-o'rinni egalladi. Rossiyalik Yan Nepomnyashiy ikkinchi, hindistonlik Aravindh CHitambaram uchinchi o'rinni band etdi. Abdusattorov rapid bahslarida 8 ochko bilan 4-pog'onadan joy oldi. Uning umumiy turnir chempionligi uchun bir ochko etmay qoldi. Nodirbekdan bir ochko ko'p jamg'argan Yan Nepomnyashiy 10-yubiley turnir chempioniga aylandi. 

Malumot uchun, norvegiyalik Magnus Karlsen turnirning 4 karra g'olibi hisoblanadi. SHaxriyar Mamedyarov ikki bor chempionlikka erishgan bo'lsa, Fabiano Karuana (AQSH), Nodirbek Abdusattorov (O'zbekiston) va Vidit Santosh (Hindiston) bir marotabadan bosh sovringa ega chiqqan. CHempionlar safiga FIDE bayrog'i ostida o'ynagan rossiyalik Yan Nepomnyashiy ham qo'shildi.       

Darvoqe, Nodirbek Abdusattorov Butunjahon shaxmat Olimpiadasidan Toshkentga qaytib, aeroportda tashkil etilgan taqdirlash marosimida qatnashib, hatto uyiga ham bormay, yana samolyotda Bokuga jo'nab ketgandi. CHarchoq alomatlariga qaramay, yosh grossmeysterimiz Vugar Gashimov xotira turnirida juda yaxshi natija ko'rsatdi. Yan Nepomnyashiy esa SHaxmat Olimpiadasida ishtirok etmadi va Bokuga har tomonlama kuchga to'lgan holda kelgandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing