26 sen 20:01
Yangiliklar
Nodirbek Abdusattorov SHusha turnirida uchta o'yin o'tkazdi
O'z tarixida 10-marotaba tashkil etilayotgan ushbu nufuzli turnirda jami 8 nafar grossmeyster, ular qatorida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etishi haqida xabar qilgandik.
Bugun rapid bahslarida dastlabki uchta tur bahslari bo'lib o'tdi.
Uchta tur yakuniga ko'ra, hamyurtimiz 1 ta g'alaba, 1 ta durang va 1 ta mag'lubiyat qayd etdi.
Nodirbek 1-turda hindistonlik Aravindh CHitambaramni mag'lub etgan bo'lsa, 2-turda ozarbayjonlik Aydin Suleymanli bilan durang qayd etdi. 3-turda esa rossiyalik Yan Nepomnyashiyga imkoniyat boy berildi.
SHu tariqa, Abdusattorov 3 ta tur yakuniga ko'ra 4,5 ochko jamg'argan holda, 4-o'rinni egallab turibdi.
Malumot uchun, musobaqada g'alaba uchun 3 ochko, durang uchun 1,5 ochko beriladi.
Ertaga turnir doirasida rapid bahslarining 4-7 turlari, 28 sentyabr kuni esa blicning 14 ta turi o'tkaziladi.
Fikrlar