So’nggi yangiliklar

16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0

28 sen 08:21
Yangiliklar

SHaxmat

Nodirbek Abdusattorov SHusha turnirining kechagi bahslarida ikki g'alaba qayd etdi + FOTO

Ozarbayjonning SHusha shahrida shaxmat bo'yicha Vugar Gashimov xotirasiga bag'ishlab o'tkazilayotgan ananaviy musobaqaning ikkinchi kuni ham ortda qoldi.

SHu bilan birga musobaqaning rapid bahslariga ham yakun yasaldi. O'z tarixida 10-marotaba tashkil etilayotgan ushbu nufuzli turnirda jami 8 nafar grossmeyster, ular qatorida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etyapti. Mamlakatimizning birinchi raqamli shaxmatchisi mazkur musobaqaning 2022 yilgi chempioni hisoblanadi. 

Nodirbek turnirning birinchi kuni o'tkazilgan 3 ta tur uchrashuvida 3 xil natija qayd etgandi. G'alaba bilan boshlab, o'rtada durang va yakunda mag'lubiyat bilan tugatgan edi. Kecha ham u uch xil natijaga erishdi. Abdusattorov qora donalarda Vladislav Artemev bilan murosaga keldi. Keyin oq donalarda ozarbayjonlik SHaxriyar Mamedyarovga yutqazib qo'ydi. 

Oltinchi turda yana oq donalarda o'ynaydi va bu safar Richchard Rapportni taslim etdi. Rapiddagi ishtirokini qora donalarda mezbonlar vakili Rauf Mamedovga qarshi uchrashuv bilan yakunladi. Bu bahsda yutqazib turishiga qaramay, yakunda chiroyli g'alabaga erishdi.

SHu tariqa, Vugar Gashimov turnirida rapid bahslari yakuniga etdi. Yan Nepomnyashiy 14 imkoniyatdan 10 ochko jamg'arib, blic bahslari oldidan turnir jadvalida yakka peshqadamlik qilyapti. SHaxriyar Mamedyarov 9 ochko bilan ikkinchi o'rinni band etgan bo'lsa, Artemev va Abdusattorov 8 ochko bilan keyingi pog'onalardan joy olishgan. Hamyurtimiz qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 4-o'rinni egallab turibdi. 

Bugundan blic yo'nalishidagi bahslarga start beriladi. Nodirbek Abdusattorov blicning ilk turida hindistonlik grossmeyster Aravind CHitambaramga qarshi oq donalarda harakat qiladi. Vugar Gashimov xalqaro xotira turnirining amaldagi chempioni hindistonlik Vidit Santosh musobaqaga kela olmadi. Uning o'rnini aynan CHitambaram egallagan. 

Malumot uchun, norvegiyalik Magnus Karlsen turnirning 4 karra g'olibi hisoblanadi. SHaxriyar Mamedyarov ikki bor chempionlikka erishgan bo'lsa, Fabiano Karuana (AQSH), Nodirbek Abdusattorov (O'zbekiston) va Vidit Santosh (Hindiston) bir marotabadan bosh sovringa ega chiqqan.        

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing