So’nggi yangiliklar

19:00Усикнинг қачон рингга қайтиши айтилди 0 18:33Нурмагомедов мағлубиятидан сўнг UFC рейтингида пастлади 0 17:59МЮ Бруну Фернандешни энг кўп маош олувчи ўйинчисига айлантиришга тайёр 0 17:30Богдан Гусков Нурмагомедовнинг UFC`даги иккинчи мағлубиятига муносабат билдирди 0 16:57UFC 332 турнирининг асосий жанги Шевченко иштирокида кечади 0 16:27Усик ўзининг камари учун кечган Итаума - Хргович жангига муносабат билдирди 0 15:52Ямаль кучли бешлик лигаларининг рекордини янгилади 0 15:23Самарқанд мезбонлик қиладиган FIDE Chess Olympiad 2026 стартига икки ҳафта қолди 0 14:50Хитой "Челленжер"ида ўзбек дербиси бўлиб ўтди 0 14:19O’Мэлли: "Сонг – Мераб учун катта муаммо, уларнинг жангини кўришни истайман" 0 13:47"Челси"нинг икки футболчиси "Тоттенхэм"га ўтмоқда 0 13:18Қатар Осиё чемпиони бўлган қитъа биринчилигида Ўзбекистон терма жамоаси нечанчи ўринни эгаллади? (+ФОТО) 0 12:46Ҳасанбой Дўсматов янги менежерлик компанияси билан шартнома имзолади + ФОТО 0 12:14Хавьер Мендес Нурмагомедовнинг нокаути ҳақида: "Ёнида бўлишим керак эди" 0 11:45Жек Грилиш яна ижарага кетмоқда 0

20 avg 08:26
Yangiliklar

SHaxmat

Nodirbek Abdusattorov Sinquefield Cup 2025 2-turida amaldagi jahon chempioni bilan o'ynadi

AQSHning Sent-Lyuis shahrida shaxmat bo'yicha mukofot jamg'armasi 350 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi nufuzli turnirning 2-tur uchrashuvlari ortda qoldi.

Grand Chess Tour’ning yakuniy klassik bosqichi 29 avgustga qadar davom etadi va aylanma tizimda 9 turdan iborat bo'ladi. Ushbu bosqich GCT ochkolari uchun so'nggi imkoniyat hisoblanadi. Kechadan dunyoning ko'zga ko'ringan va reytingi yuqori bo'lgan 10 nafar grossmeysteri bosh sovrin uchun bahs olib bormoqda. 

Afsuski, Nodirbek Abdusattorov ketma-ket ikkita partiyada raqiblariga yutqazib qo'ydi va sovrinli o'rinlar uchun kurashish imkoniyatii pasaytirib yubordi. Birinchi turda Levon Aronyanga mag'lub bo'lgan hamyurtimiz 2-turda amaldagi jahon chempioni, hindistonlik grossmeyster Gukesh Dommaradjudan engildi.

Aronyandan qabul qilingan mag'lubiyatga vaqt kamligi sabab bo'lgandi. Kecha esa Nodirbek noaniq harakatlar evaziga yutqazdi. Yurishlardagi aniqlik foizi 87.0 ga 92.7 nisbatda bo'ldi. Gukesh 1-turda vatandoshi Rameshbabu Praggnanandhaga mag'lub bo'lgandi. Pragg bu turda oq donalarda Fabiano Karuana bilan murosaga keldi. Franciyalik Alireza Firuzdja polshalik Yan-Krishtof Dudadan ustun ekanini isbotladi. Qolgan ikki partiya durang natija bilan yakuniga etdi.   

Sinquefield Cup 2025. 2-tur natijalari:

Rameshbabu Praggnanadha (Hindiston) - Fabiano Karuana (AQSH) 1/2-1/2     

Levon Aronyan (AQSH) - Sem Sevian (AQSH) 1/2-1/2

Uesli So (AQSH) - Maksim Vashe-Lagrav (Franciya) 1/2-1/2

Alireza Firuzdja (Franciya) - Yan-Krishtof Duda (Polsha) 1-0

Gukesh Dommaradju (Hindiston) - Nodirbek Abdusattorov (O'zbekiston) 1-0

Bugun Sinquefield Cup 2025 turnirida 3-tur uchrashuvlari o'tkaziladi. Bizning vaqt bilan soat 22:00da boshlanadigan turda Nodirbek Abdusattorov oq donalarda Rameshbabu Praggnanadhaga qarshi bahs olib boradi. Uchinchi tur oldidan ochko olmagan birgina hamyurtimiz qolmoqda. Pragg 1,5 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 3-o'rinni egallab turibdi. 

Sinquefield Cup 2025. 3-tur juftliklari:

Sem Sevian (AQSH) - Gukesh Dommaradju (Hindiston) 

Nodirbek Abdusattorov (O'zbekiston) - Rameshbabu Praggnanadha (Hindiston) 

Fabiano Karuana (AQSH) - Alireza Firuzdja (Franciya)      

Maksim Vashe-Lagrav (Franciya) - Levon Aronyan (AQSH) 

Yan-Krishtof Duda (Polsha) - Uesli So (AQSH)  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing