So’nggi yangiliklar

13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0

19 avg 08:26
Yangiliklar

SHaxmat

Nodirbek Abdusattorov Sinquefield Cup 2025 turniridagi yurishini boshladi

AQSHning Sent-Lyuis shahrida shaxmat bo'yicha mukofot jamg'armasi 350 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi nufuzli turnir start oldi.

Grand Chess Tour’ning yakuniy klassik bosqichi 29 avgustga qadar davom etadi va aylanma tizimda 9 turdan iborat bo'ladi. Ushbu bosqich GCT ochkolari uchun so'nggi imkoniyat hisoblanadi. Kechadan dunyoning ko'zga ko'ringan va reytingi yuqori bo'lgan 10 nafar grossmeysteri bosh sovrin uchun bahslarga kirishdi. 

Nodirbek Abdusattorov to'rt soatdan oshiq davom etgan 1-tur uchrashuvida Levon Aronyanga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Oq donalarda harakat qilgan hamyurtimiz vaqt kamligi sabab endshpilga tushib qoldi va buning natijasida xatoga yo'l qo'ydi. Amerikalik grossmeyster bir necha kun oldin aynan Sent-Luis shahrida yakuniga etgan Saint Louis Rapid and Blitz 2025 turnirida chempion bo'lgan edi. O'shanda Nodirbek har ikki blic partiyalarida Aronyanni mag'lubiyatga uchratgandi. Levon kecha o'sha mag'lubiyatlar uchun revansh ola bildi.    

Birinchi turda Rameshbabu Praggnanandha ham muhim g'alabaga erishdi. U o'ziga xos hind derbisida vatandoshi, amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaradjuni oq donalarda mag'lubiyatga uchratdi. Birinchi turning qolgan uchta partiyasida tomonlar murosaga kelishdi.  

Bugun 2-tur uchrashuvlari o'tkaziladi. Bizning vaqt bilan soat 22:00da boshlanadigan turda Nodirbek Abdusattorov amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaradjuga qarshi qora donalarda o'ynaydi.  

Sinquefield Cup 2025. 1-tur natijalari:

Sem Sevian (AQSH) - Uesli So (AQSH) - 1/2-1/2

Maksim Vashe-Lagrav (Franciya) - Alireza Firuzdja (Franciya) - 1/2-1/2

Nodirbek Abdusattorov (O'zbekiston) - Levon Aronyan (AQSH) - 0-1

Rameshbabu Praggnanadha (Hindiston) - Gukesh Dommaradju (Hindiston) - 1-0

Fabiano Karuana (AQSH) - Yan-Krishtof Duda (Polsha) - 1/2-1/2

Sinquefield Cup 2025. 2-tur juftliklari:

Rameshbabu Praggnanadha (Hindiston) - Fabiano Karuana (AQSH)      

Levon Aronyan (AQSH) - Sem Sevian (AQSH) 

Uesli So (AQSH) - Maksim Vashe-Lagrav (Franciya)

Alireza Firuzdja (Franciya) - Yan-Krishtof Duda (Polsha)

Gukesh Dommaradju (Hindiston) - Nodirbek Abdusattorov (O'zbekiston)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing