20 avg 08:50
Yangiliklar
Nodirbek Abdusattorov Sinquefield Cup turniridagi ishtirokini boshladi
Grand Chess Tour musobaqasining beshinchi bosqichi hisoblangan ushbu turnirning mukofot jamg'armasi 350 000 AQSH dollarini tashkil etadi. G'olib shaxmatchi 100 000 dollarga ega chiqadi. Musobaqada dunyoning 10 nafar kuchli grossmeysterlari bosh sovrin uchun bahslarga kirishdi. Ular orasida jahon chempioni Nodirbek Abdusattorov (2762) ham bor.
Turnirning 1-turida hamyurtimiz qora donalarda Rameshbabu Pragnanandha (Hindiston, 2749) bilan durangga imzo chekdi. Birinchi turda birgina g'alaba qayd etildi. Franciyalik Alireza Firuzja qora donalarda harakat qilganiga qaramay, turnirning birinchi raqamli ishtirokchisi, amerikalik Fabiano Karuanani mag'lub etishni uddaladi. Qolgan barcha partiyalarda grossmeysterlar murosa ko'chasini tanlashdi.
Turnir ishtirokchilari: Fabiano Karuana (AQSH, 2793), Yan Nepomnyashhiy (FIDE, 2767), Dommaradju Gukesh (Hindiston, 2766), Nodirbek Abdusattorov (O'zbekiston, 2762), Uesli So (AQSH, 2751), Alireza Firuzja (Franciya, 2751), Rameshbabu Pragnanandxa (Hindiston, 2749), Anish Giri (Niderlandiya, 2746), Din Lijen (Xitoy, 2745), Maksim Vashe-Lagrav (Franciya, 2721).
Fikrlar