So’nggi yangiliklar

17:32Стол теннисчиларимиз “WTT Youth Contender” турнирида 4 та медални қўлга киритишди 0 16:45Гусков: "Анкалаев ҳам оддий инсон" 0 16:00Расман: Юрген Клопп — Германия терма жамоаси янги бош мураббийи 0 15:10Гусков ҳам, Темиров ҳам ўз вазнида. UFC Fight Night 282 турнирининг вазн ўлчаш маросими ўтказилди (барча натижалар) 0 14:26Мария Тимофеева дунёнинг 40-ракеткаси олдида ожиз қолди 0 13:45Гусков нокаут қилиши мумкин - Анкалаев шундай фикрда! 0 12:29ЖЧ-2026нинг энг яхши футболчиси узоқ муддатга сафдан чиқиши мумкин 0 11:54Богдан Гусков: "Бу нарсаларнинг ҳеч бири мен учун янгилик эмас" 0 11:09Россиядан маҳаллийлаштирилган икки фигурали учувчимиз Хитой Гран-присида иштирок этади 0 10:25Анкалаев Гусков устидан ғалаба қозонса, кейинги тақдири қандай кечишини тахмин қилди 0 09:42Мориясу 2027 йилда Япония терма жамоаси бош мураббийлигини тарк этади. Янги бош мураббий номи ҳам маълум 0 09:04Мовсар Евлоев ACBJJ билан шартнома имзолади 0 08:27Никита Цветков Италиядаги халқаро турнирда икки марта шоҳсупадан ўрин олди 0 19:34Арманистон. Музаффаров финалга йўл олди, Холдаровда эса... 0 18:30Расман: “Барселона” Адейеми трансферини эълон қилди 0

29 avg 07:42
Yangiliklar

SHaxmat

Nodirbek Abdusattorov so'nggi turda chiroyli g'alabaga erishdi va Sinquefield Cup`ni kuchli uchlikda yakunladi

AQSHning Sent-Luis shahri mezbonlik qilgan shaxmat bo'yicha nufuzli Sinquefield Cup turniri o'z yakuniga etdi.

Grand Chess Tour musobaqasining beshinchi bosqichi hisoblangan ushbu turnirning mukofot jamg'armasi 350 000 AQSH dollarini tashkil etdi. Musobaqada dunyoning 10 nafar kuchli grossmeysteri bosh sovrin uchun bahs olib bordi. Ular orasida jahon chempioni Nodirbek Abdusattorov (2762) ham bor edi. 

Turnirning so'nggi 9-turida hamyurtimiz oq donalarda musobaqaning ikkinchi raqamli shaxmatchisi, FIDE bayrog'i ostida qatnashgan rossiyalik Yan Nepomnyashiyga qarshi bahs olib bordi va chiroyli g'alabaga erishdi. 

SHu tariqa, Nodirbek 2 g'alaba, 6 durang va 1 mag'lubiyat bilan turnir jadvalida qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 3-o'rinni egalladi. To'rtinchi pog'onadagi Maksim Vashe-Lagrav (Franciya, 2721) ham musobaqani 5 ochko bilan yakunladi. Francuz grossmeysteri so'nggi turda amaldagi jahon chempioni Din Lijen (Xitoy, 2745)ni mag'lubiyatga uchratdi. 

To'qqizinchi turning yana bir uchrashuvida g'alaba qayd etildi. Turnirning birinchi raqamli ishtirokchisi Fabiano Karuana oq donalarda Anish Giri (Niderlandiya, 2746)ni engdi. Bu bilan amerikalik shaxmatchi ochkolarini 5,5 taga etkazib, musobaqani 2-o'rinda yakunladi. 

Sinquefield Cup bosh sovrini Alireza Firuzja (Franciya, 2751)ga nasib etdi. Farang grossmeysteri so'nggi 9-turda oq donalarda Rameshbabu Pragnanandxa (Hindiston, 2749) bilan murosaga keldi. Bu durang unga 6 ochko bilan turnir chempioni bo'lish uchun kifoya qildi.  

Turnir ishtirokchilari: Fabiano Karuana (AQSH, 2793), Yan Nepomnyashhiy (FIDE, 2767), Dommaradju Gukesh (Hindiston, 2766), Nodirbek Abdusattorov (O'zbekiston, 2762), Uesli So (AQSH, 2751), Alireza Firuzja (Franciya, 2751), Rameshbabu Pragnanandxa (Hindiston, 2749), Anish Giri (Niderlandiya, 2746), Din Lijen (Xitoy, 2745), Maksim Vashe-Lagrav (Franciya, 2721).

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing