29 jan 09:35
Yangiliklar
SHaxmat
Nodirbek Abdusattorov so'nggi turda kimga qarshi bahs olib boradi? G'alaba chempionlikni taminlashi mumkin
Bugun Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida shaxmat bo'yicha nufuzli “Tata Steel Chess-2023” turnirining so'nggi tur bahslari bo'lib o'tadi.
Turnirda peshqadam bo'lib turgan Nodirbek Abdusattorov so'nggi turda mezbon sportchi Jorden van Forestga qarshi bahs olib boradi. Agar ushbu bahsda hamyurtimiz g'alaba qozonsa, u chempionlikni qo'lga kiritadi.
Durang yoki mag'lubiyat qayd etilgan holatda esa Anish Giri, Uesli So va Karlsenning natijalariga qaraladi. SHaxmatchilarning ochkolari teng bo'lib qolgan holatda qo'shimcha blic partiyasida chempion aniqlanadi.
So'nggi tur oldidan musobaqa jadvali:
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar