01 fev 20:27
Yangiliklar
SHaxmat
Nodirbek Abdusattorov "Tata Steel Chess 2026" turniri g'olibi!
Hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov shaxmat olamidagi eng nufuzli musobaqalardan biri - "Tata Steel Chess 2026" Masters turnirida g'oliblikni qo'lga kiritdi.
Hamyurtimiz musobaqa davomida barqaror va yuqori saviyadagi o'yin namoyish etib, 13 turdan 9 ochko jamg'ardi hamda 2862 performans ko'rsatkichi bilan yakuniy jadvalda birinchi o'rinni egalladi. Ushbu natija Nodirbekning jahon shaxmatidagi etakchi o'yinchilar qatoridagi mavqeini yana bir bor tasdiqladi.
Abdusattorov avvalgi yillarda ham mazkur turnirda sovrinli o'rinlarni egallab kelgan edi: 2023 yilda 2 o'rin, 2024 va 2025 yillarda 3 o'rin. Nihoyat, 2026 yilda u uzoq kutilgan chempionlikka erishdi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar