28 avg 17:59
Yangiliklar
SHaxmat
Nodirbek Abdusattorov Turkiyada 2 ta medal qo'lga kiritdi
Tezkor shaxmat bo'yicha eng yosh jahon chempioni Nodirbek Abdusattorov Turkiyaning Anqara shahrida bo'lib o'tgan shaxmat musobaqasida munosib ishtirok etdi.
Turkiya Superligasi musobaqasida shaxmatchilar jamoalarga bo'lingan holda 13 raund o'zaro bahs olib bordilar. Abdusattorov “Turk havo yo'llari” sport klubi tarkibida dona surdi va hamyurtimizning jamoasi Superliga yakuniga ko'ra, umumjamoa hisobida 2-o'rinni qo'lga kiritdi.
SHuningdek, Nodirbek liga yakunida 9 ochko jamg'arib, ikkinchi doskada shaxsiy natija bo'yicha oltin medal sohibi bo'ldi.
Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar