18 mar 11:50
Yangiliklar
SHaxmat
Nodirbek Abdusattorov: "Umid qilamanki, finalda o'zbek derbisi bo'ladi"
Birinchi raqamli grossmeysterimiz Nodirbek Abdusattorov chess.com Open turnirida kibersport bo'yicha 2026 yilgi Jahon kubogi saralashning keyingi bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
SHaxmatchimiz turnirdagi ishtirokidan keyin fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Rostini aytsam, oxirgi ikkita partiyada juda omadim keldi. 8-turda ham Bortnikka qarshi poziciyam og'ir edi. Matlakovga qarshi qilgan rux qurbonligi ham ishlamasligi kerak edi, lekin oxirida unda xatolik ro'y berdi. Duda tezkor formatlarda juda kuchli. Albatta, bu erda hamma kuchli, lekin… Men uni tanlamagan bo'lardim. Men Sem Sevyanni tanlayman. Umid qilamanki, finalda o'zbek derbisi bo'ladi", dedi Abdusattorov.
Grossmeysterlar uchun ikkinchi saralash bosqichi bugun bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : uzchess
Fikrlar