So’nggi yangiliklar

13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0

26 may 17:10
Yangiliklar

SHaxmat

Nodirbek Abdusattorov va boshqalar Sharjah Masters 2025`dan qancha mukofot puli ishlab olishdi?

Xabaringiz bor, BAAning SHarja shahri mezbonlik qilgan shaxmat bo'yicha nufuzli Sharjah Masters 2025 turniri o'z yakuniga etdi.

Mukofot jamg'armasi 73 000 AQSH dollarini tashkil etgan ushbu musobaqaning kuchlilar jam bo'lgan "Masters" guruhida grossmeysterimiz Nodirbek Abdusattorov 9 imkoniyatdan 6,5 ochko to'plab, 3-o'rinni egalladi. Hamyurtimiz 10 kunlik mehnatidan 7000 AQSH dollari ishlab oldi. 

Nodirbekdan yarim ochko ko'p to'plab, Sharjah Masters 2025 turniri chempioniga aylangan niderlandiyalik Anish Giri 15 000 dollar qo'lga kiritdi. Abdusattorov singari 6,5 ochko jamg'arib, ikkinchi o'rinni egallagan serbiyalik Aleksandr Indjich 10 000 dollarga boyib oldi. 

Sharjah Masters 2025 turnirining 9-turida Jahongir Vohidov oq donalarda polshalik Malek Jandan ustun keldi. Muhiddin Madaminov qora donalarda turkiyalik Ishik Alparslan bilan durang o'ynadi. Ortiq Nig'matov esa oq donalarda yana bir turk shaxmatchisi Sanal Vahab bilan murosaga keldi. Top-15`talikka kirgan shaxmatchilar ham pul mukofotlariga ega bo'lishdi. 

Etiborlisi, Sharjah Masters 2025 turnirining S guruhida ishtirok etgan Qilichbek Nazaraliev 9 imkoniyatdan 7,5 ochko to'plab, 2-o'rinni egalladi. O'z guruhida 35-raqam ostida saralanganiga qaramay, hamyurtimiz reytingda o'zidan yuqorida borayotgan raqiblarini ortda qoldirishga muvaffaq bo'ldi. Nazaraliev 1100 dollar mukofot puliga ham ega chiqdi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing