17 may 13:19
Yangiliklar

Nodirbek Abdusattorov va boshqalar Superbet Chess Classic Romania turniridan qancha mukofot puli ishlab oldi?
Grand Chess Tour 2025 tasnifiga kiruvchi — Superbet Chess Classic Romania turnirining mukofot jamg'armasi 350 000 AQSH dollarini tashkil qildi. Dunyoning ko'zga ko'ringan 10 nafar grossmeysteri qatorida bosh sovrin uchun hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ham kurash olib bordi.
Grossmeysterimiz 9 imkoniyatdan 4,5 ochko jamg'arib, sof 5-o'rinni egalladi. U 10 kunlik mehnatidan 6 GCT ochkosi hamda 26 000 AQSH dollari miqdorida mukofot puli ishlab oldi. Besh yarim ochko to'plab, qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra musobaqa chempioniga aylangan hindistonlik Rameshbabu Praggnanandha 10 ochko hamda 77,667 AQSH dollariga ega bo'ldi.
Kuchli uchlikdan joy olgan franciyalik shaxmatchilar ham 5,5 ochkodan jamg'arishdi. Ikkinchi o'rin sohibi Maksim Vashe-Lagrav ham, Alireza Firuzdja ham bir xilda 67,667 dollarga ega chiqishdi. So'nggi o'rin bilan kifoyalangan polshalik Yan-Krishtof Duda 10 500 dollar mukofot pulini qo'lga kiritdi.
Fikrlar