25 fev 11:38
Yangiliklar
SHaxmat
Nodirbek Abdusattorov va Nodirbek Yakubboev Pragadagi xalqaro shaxmat festivalida qatnashadi
Bugundan CHexiyaning Praga shahrida shaxmat bo'yicha navbatdagi xalqaro turnir boshlanadi.
6 martga qadar davom etadigan mazkur shaxmat festivalida o'zbekistonlik grossmeysterlar — Nodirbek Abdusattorov hamda Nodirbek Yakubboev ham bahs olib boradi.
Festival ananaviy ravishda 3 ta yopiq guruhda o'tkaziladi: Masters, CHellenjer va Fyuchers.
Masters guruhi ishtirokchilari:
Vinsent Keymer (Germaniya)
Gukesh Dommaraju (Hindiston)
Nodirbek Abdusattorov (O'zbekiston)
Parxam Maqsudlu (Eron)
Yorden van Foorest (Niderlandiya)
Aravindx CHitambaram (Hindiston)
Nodirbek Yakubboev (O'zbekiston)
David Anton Guiarro (Ispaniya)
Xans Nimann (AQSH)
David Navara (CHexiya).
Turnir 9 turdan iborat aylanma tizimda o'tkaziladi.

Havola :
Manba : uzchess
Fikrlar