So’nggi yangiliklar

12:07Осиё чемпионати: Курашчи қизларимиз умумжамоа ҳисобида учинчи бўлишди 0 11:45Шаҳрам Ғиёсов The Ring рейтингини тарк этди 0 11:20Мессининг жароҳат жиддийми? "Интер Майами" футболчининг ҳолати ҳақида маълумот берди 0 10:58Амирхон Алихўжаев ҳам Mangu 3'да жанг қилади. Рақиб эълон қилинди 0 10:36Анвар Анваров "Бриллиант Лига"нинг иккинчи босқичида қандай натижа кўрсатди? 0 10:13"Шунчаки сизларни зериктиргим келмади". Александр Усик Верхувен билан жанг ҳақида гапирди 0 09:48Ўзбекистон кубоги. Бугун яна 4 та баҳс бўлиб ўтади 0 09:24Хамзат Чимаев Стрикленддан реванш сўрамоқда 0 08:59Ажойиб! Камилла Раҳимова дунёнинг 32-ракеткасини енгиб, "Ролан Гаррос" иккинчи даврасига йўл олди 0 08:34Жаҳонгир Расулов RCC Гран-приси финалига йўл олди 0 08:07Ўзбекистон МТЖ АҚШга жўнаб кетди (ФОТО) 0 19:04Расман! Асламжон Ортиқов ҳам ONE FC чемпионлиги учун жанг қилади! 0 18:40Фомин Молдова Челленжерининг асосий тўрига йўл олди 0 18:16Шаҳрам Ғиёсов Тошкентга қайтиб келди (ВИДЕО) 0 17:51Чемпионлар Лигасида ўйнайдиган 29 та жамоа маълум 0

17 may 16:28
Yangiliklar

SHaxmat

Nodirbek Abdusattorov va yana uch grossmeysterimiz Sharjah Masters turnirida ishtirok etadi

Bugun BAAning SHarja shahrida shaxmat bo'yicha nufuzli Sharjah Masters 2025 turniri boshlanadi.

Kecha Ruminiyaning Buxarest shahrida yakuniga etgan turnirning so'nggi turida o'ynagan Nodirbek Abdusattorov bugun deyarli dam olishsiz boshqa davlatdagi musobaqaning birinchi tur uchrashuvida dona suradi. Abdusattorov Sharjah Masters turnirida birinchi raqam ostida tasniflangan. U bugun soat 17:00da boshlanadigan 1-tur uchrashuvida qora donalarda hindistonlik grossmeyster Panayappan Setxuramanga qarshi bahs olib boradi.

Mukofot jamg'armasi 73 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi ushbu musobaqada Nodirbek Abdusattorovdan tashqari yana uch grossmeysterimiz - Jahongir Vohidov, Muhiddin Madaminov va Ortiq Nig'matov ham sovrinli o'rinlar uchun bahslarga kirishadi. 

Sharjah Masters 2025 turniri shveycarcha tizimda o'tkazilib, 9 turdan iborat bo'ladi. Vaqt nazorati 90 daqiqa va har bir yurishga qo'shimcha 30 soniya vaqt qo'shib beriladi. Niderlandiyalik Anish Giri musobaqada Nodirbekdan keyin ikkinchi raqam ostida saralangan. 


SHaxmatchilarimizning bugungi 1-tur uchrashuvlari:

Panayappan Setxuraman (Hindiston) - Nodirbek Abdusattorov

Jahongir Vohidov - Amin Tabatabayi (Eron)

Muhiddin Madaminov - Syanyuy Syuy (Xitoy)

Ortiq Nig'matov - Pranav Anand (Hindiston)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing