28 jan 00:37
Yangiliklar
SHaxmat

Nodirbek Abdusattorov Viditga qarshi o'yinini yakunladi
Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida shaxmat bo'yicha "Tata Steel Chess-2024" turniri davom etmoqda.
Bugun musobaqa doirasida o'n birinchi partiya bellashuvlari tashkil etildi.
Unda musobaqa peshqadami bo'lib turgan hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov hindistonlik Vidit Gujratiga qarshi dona surdi.
Afsuski, bahs Viditning g'alabasi bilan yakunlandi. Mazkur bellashuvdan so'ng, Vidit ochkolari sonini 7,5 taga etkazib oldi va peshqadamga aylanib oldi. Nodirbek Abdusattorovning ham ochkolari 7,5 tani tashkil etmoqda, hamyurtimiz ayni damda to'rtinchi pog'onada.
Ertaga turnirning so'nggi tur o'yinlari o'tkaziladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
15:59
FIDE reytingi yangilandi, Abdusattorov kuchlilar qatorida, TOP-100'da 5 nafar hamyurtimiz bor 0
Fikrlar