So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

18 iyu 16:07
Yangiliklar

SHaxmat

Nodirbek Abdusattorov xalqaro turnir sovrindori bo'ldi

CHexiyaning Praga shahrida tashkil etilgan shaxmat bo'yicha xalqaro turnir o'z yakuniga etdi.

SHveycarcha tizimda o'tkazilgan musobaqada dunyoning 8ta davlatidan 10 nafar grossmeyster ishtirok etdi. Ular safida hamyurtimiz, rapid yo'nalishi bo'yicha eng yosh jahon chempioni Nodirbek Abdusattorov ham g'oliblik uchun dona surdi.

8-turdan keyin Nodirbek 5,5 ochko jamg'argan holda peshqadamlar safidan joy olib turgandi. Hal qiluvchi 9-turda u slovakiyalik Pexas Jergus bilan durang o'ynadi. Bundan esa Germaniya vakili Vinsent Keymer hamda amerikalik Xans Niemann unumli foydalanib qolishdi. Ular o'z raqiblari ustidan g'alabaga erishdi va Abdusattorovni 0,5 ochkoga ortda qoldirdi.

Yakuniy natijalarga ko'ra Keymar 6,5 ochko bilan musobaqa g'olibligini qo'lga kiritdi. AQSH vakili Xans Niemann ham shuncha ochko jamg'ardi, ammo qo'shimcha koeficentlarga ko'ra Germaniya vakili 1-o'ringa loyiq ko'rildi. 9 imkoniyatdan 6 ochko jamg'argan Nodirbek Abdusattorov esa kuchli uchlikka yakun yasab berdi.

Takidlash joiz, Pragadagi xalqaro turnirning 1-tartib raqamli ishtirokchisi – AQSHlik Xans Niemann bo'lib, u 2 678 reyting ochkosiga ega. Germaniyalik Vinsent Keymar esa 2 675 ochko bilan ikkinchi tartib raqamida saralangan. Hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov esa 2 661 reyting ochkosi bilan xalqaro turnirda 3-tartib raqami bilan ro'yxatga olingan.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing