11 fev 20:45
Yangiliklar
SHaxmat
Nodirbek Abdusattorov xitoylik kuchli grossmeysterni mag'lub etdi
Germaniyada shaxmat bo'yicha "Freestyle Chess G.O.A.T Challenge" turnirining asosiy bosqich bahslari boshlandi.
Musobaqada dunyoning 8 nafar kuchli grossmeysteri ishtirok etmoqda.
Mazkur turnirda qatnashayotgan hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov kecha saralash bahslarini 1-o'rinda yakunlagani haqida xabar qilgandik.
U bugun asosiy bosqich bahslarida (chorak finalda) xitoylik Ding Lirenga qarshi dona surdi va g'alabaga erishdi.
Ertaga ular o'rtasida javob o'yini o'tkaziladi. Ikki o'yin natijasiga ko'ra g'olib yarim finalga yo'l oladi.
CHorak finalning dastlabki kunida qayd etilgan natijalar:
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar