So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

21 fev 08:29
Yangiliklar

SHaxmat

Nodirbek Abdusattorov yana 4 partiyada nomdor raqiblariga qarshi dona surdi

SHu kunlarda eng yirik “Meltwater Champions Chess Tour” onlayn turnirlar doirasidagi ilk “Airthings Masters” musobaqasi bo'lib o'tmoqda.

Mukofot jamg'armasi 150 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi mazkur turnirda sayyoramizning eng kuchli grossmeysterlari ishtirok etyapti. Ular orasida hamyurtimiz, rapid yo'nalishi bo'yicha amaldagi va shu bilan birga eng yosh jahon chempioni Nodirbek Abdusattorov (2651) ham bor.

Birinchi kun o'tkazilgan 4 ta partiyada Abdusattorov hech bir raqibiga yutqazmagandi. Yana bir muhim jihat, amaldagi jahon tojdori Magnus Karlsen (2865) bu safar ham yosh grossmeysterimizni mag'lub eta olmagan edi. Karlsenga qarshi qora donalarda harakat qilgan Nodirbek durang natija qayd etgandi. Aynan Magnus ushbu musobaqaning amaldagi g'olibi hisoblanadi. 

Kecha Abdusattorov musobaqa doirasida yana 4 ta partiya o'tkazdi. Yosh grossmeysterimiz 5-turda jahon tojiga so'nggi davogar, rossiyalik Yan Nepomnyashiy (2773) bilan qora donalarda o'ynadi va imkoniyatni boy berdi. Oltinchi turda ayollar o'rtasida 12-Jahon chempioni, rossiyalik Aleksandra Kostenyuk (2516)ni mag'lubiyatga uchratdi. Ettinchi partiyada qora donalarda o'ynadi va germaniyalik xalqaro grossmeyster Vinsent Keymer (2664)ga yutqazib qo'ydi. Sakkizinchi turda AQSH vakili Xans Niemenn (2642)dan ustun keldi. 

SHu tariqa, Nodirbek Abdusattorov ikkinchi kungi bahslarda 2 g'alaba va 2 mag'lubiyat qayd etdi. Bugun hamyurtimiz 9-turda hindistonlik Pragnanandxa (2612), 10-turda vetnamlik Liem Kuang Le (2709), 11-turda kanadalik Erik Xansen (2606), 12-turda esa xitoylik Liren Ding (2799) bilan hisob-kitob qiladi.       

Malumot uchun, 16 xalqaro grossmeyster ishtirokidagi musobaqa rapid yo'nalishida o'tkazayotgan bo'lib, dastlab ishtirokchilar 15 turdan iborat saralash bosqichida o'zaro kuch sinashadi. SHaxmatchilar to'plagan har bir ochkosi uchun 250 dollardan mukofot olishadi. Saralash bosqichi yakuniga ko'ra eng yaxshi natija qayd etgan 8 nafar shaxmatchi pley-off bosqichida g'oliblik uchun kurash olib boradi. Bu bosqichda har bir o'yin muhim ahamiyatga ega va yutqazgan shaxmatchi uchun musobaqa tugaydi.

Eslatib o'tamiz, yaqinda Polshada o'tkazilgan jahon chempionatida Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsenni shov-shuvli tarzda mag'lubiyatga uchratgan edi. 

Reyting: +1   

Fikrlar

+1   
21 fev 08:50:33
Uzbekfer
Нечанчи уринда, плей оффга чикиш имконияти кандай шу хакида хам маълумот кушиб куйилар. Соврин жамгармаси билан регламент ёд булиб кетди.
   
21 fev 14:07:57
Odilbek Xakimov
Hozircha 11 urinda. Har bir tur uchun 3 ochko berilyapti manimcha.
   
21 fev 10:15:40
Maksad
Ҳозир ким қайси ўриндалигини ҳам ёзинг, фақат регламент, Соврин, мукофат пули ва Карлсенни ютганини ёзавермасдан...
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing