So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

15 fev 21:35
Yangiliklar

SHaxmat

Nodirbek Abdusattorov yana Magnus Karlsenga qarshi dona suradi

SHu yil 19 fevraldan Chess24.com sayti orqali o'tkaziladigan eng yirik “Meltwater Champions Chess Tour” onlayn turnirlar ceriyasi doirasidagi ilk musobaqa – “Airthings Masters” boshlanadi.

Mukofot jamg'armasi 150 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi mazkur turnir o'z atrofiga dunyoning eng kuchli shaxmat ustalarini jamlagani bilan ahamiyatli. Ular orasida hamyurtimiz, rapid yo'nalishi bo'yicha eng yosh jahon chempioni Nodirbek Abdusattorov ham bor.

Musobaqa rapid yo'nalishida o'tkazilib, dastlab ishtirokchilar 15 turdan iborat saralash bosqichida o'zaro kuch sinashadi. SHaxmatchilar to'plagan har bir ochkosi uchun 250 dollardan mukofot olishadi. Saralash bosqichi yakuniga ko'ra eng yaxshi natija qayd etgan 8 nafar shaxmatchi esa pley-off bosqichida g'oliblik uchun kurash olib boradi. Bu bosqichda har bir o'yin muhim ahamiyatga ega va yutqazgan shaxmatchi uchun musobaqa tugaydi.

Qura natijasiga ko'ra saralash bahslarida Nodirbek Abdusattorov kimlarga qarshi dona surishi ham malum bo'ldi. Unga ko'ra, 1-turda hamyurtimiz niderlandiyalik mashhur shaxmat ustasi Anish Giri bilan kuch sinashsa, ikkinchi raundda jahon tojdori, ushbu musobaqaning amaldagi g'olibi Magnus Karlsenga qarshi dona suradi.

Mazkur o'yinga qiziqish nihoyatda yuqori bo'lishi tabiiy, zero Karlsen yaqinda Polshada o'tkazilgan jahon chempionatidagi mag'lubiyat uchun revansh olishga harakat qilsa, Nodirbek o'sha g'alaba tasodif emasligini isbotlashga urinadi.

SHuningdek, saralash bosqichida Abdusattorovga qarshi dunyo tan olgan shaxmat ustalari – Yan Nepomnyashiy (Rossiya), ayollar o'rtasida 12-jahon chempioni Aleksandra Kostenyuk (Rossiya), dunyo reytingi peshqadamlaridan Din Lijen (Xitoy), qolaversa Yan Kshishtof Duda (Polsha), Levon Aronyan (Armaniston), SHaxriyor Mamadiyorov (Ozarbayjon) va boshqalar dona surishadi.

Biz Nodirbekka ushbu musobaqada omad va zafarlar yor bo'lishini tilaymiz.

Reyting: +3   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing