02 fev 17:39
Yangiliklar
SHaxmat
Nodirbek Abdusattorov: "Yillar davomida g'alabaga juda yaqin kelib, har safar biroz etmay qolardi"
Xabaringiz bor, kecha o'zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov nufuzli "Tata Steel Chess 2026" Masters turniri g'olibiga aylandi.
Hamyurtimiz mazkur yirik g'alabadan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"So'z bilan ifodalab bo'lmaydigan darajada xursandman. Bu juda uzoq yo'l bo'ldi. Yillar davomida g'alabaga juda yaqin kelib, har safar biroz etmay qolardi. Nihoyat, bu turnirda — yana juda chiroyli uslubda — g'alaba qozondim. Bu faoliyatimdagi eng muhim lahzalardan biri. Bolaligimda aynan shu turnirda chempion bo'lishni orzu qilardim. Endi esa bu orzu amalga oshdi.
O'zimga shunchaki: "Bu yil o'tkazib yuborish mumkin emas", dedim. Bor kuchimni, oxirgi energiyamni berdim. Hozir esa bir tomondan ulkan engillik, ikkinchi tomondan esa cheksiz baxtni his qilyapman", deydi Abdusattorov.

Havola :
Manba : uzchess
Fikrlar