So’nggi yangiliklar

17:52"Бунёдкор"да ўйнаган Пишурнинг ўғли "Жирона"га ўтмоқда 0 17:31Дана Уайт ўзига ёқмаган UFC жангчисига мағлубият тилаганини тан олди 0 17:10Дана Уайт Усик ва Zuffa Boxing билан музокаралар ҳақидаги миш-мишларга изоҳ берди 0 16:49Бокс бўйича Ўзбекистон чемпионати финалларидан ОНЛАЙН 0 16:39"Реал" ва Винисиус шартнома бўйича музокараларда олдинга силжиди 0 16:18Разамбек Жамалов, Абдурашид Садулаев Доғистондаги машғулотларда (ВИДЕО) 0 15:57Арман Царукян Аманда Нуньес билан жанг қилишга тайёр 0 15:3644 ёшли UFC афсонаси бугунги жисмоний ҳолатини кўрсатди + ФОТО 0 15:15"Барселона" Левандовскига шартномани узайтириш учун иккита талаб қўйди 0 14:54Жастин Гэтжи UFC`нинг бонуслар тизимини танқид қилди 0 14:12Шахматчиларимиз Таиландда йиғин бошлашди (ФОТО) 0 13:51Анчелотти ёзда Европага қайтиши мумкин 0 13:30Машҳур UFC cобиқ жангчиси Флоридада ҳибсга олинди — манба 0 13:09Белбоғли кураш федерацияси томонидан "Йил сарҳисоби" тадбири ўтказилди 0 12:48Жейк Пол ортиқ PFL жангчиси эмас! 0

05 iyu 09:43
Yangiliklar

SHaxmat

Nodirbek Abdusattorovda duranglar seriyasi davom etmoqda + FOTO

Ruminiya poytaxti Buxarest shahrida shaxmat bo'yicha "Grand Chess Tour" seriyasi doirasidagi "Superbet Chess Classic Romania" turnir davom etmoqda.

O'z ichiga 5 ta turnirni jamlagan ushbu nufuzli shaxmat musobaqasining umumiy mukofot jamg'armasi 1,5 million AQSH dollarini tashkil etadi. Unda hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov (2766) ham o'z mahoratini namoyish etyapti. 

Kecha 8-tur uchrashuvlari o'tkazildi va etiborlisi, bu turda ham barcha partiyalar durang natija bilan yakunlandi. Abdusattorov oq donalarda musobaqa autsayderi Bogdan-Danel Dyak (Ruminiya, 2680)ga qarshi bahs olib bordi va yana durangga imzo chekdi.

Turnirning birinchi raqamli ishtirokchisi Fabiano Karuana (AQSH, 2805) 8-turda Rameshbabu Pragnanandxa (Hindiston, 2747) bilan murosaga keldi. So'nggi tur oldidan turnir jadvalida hech qanday o'zgarish kuzatilmadi. Karuana 5 ochko bilan yakka peshqadamlikni davom ettirmoqda. Firuzja, Praggnanandha va Gukesh hisobida 4,5 tadan ochko bor. 

Nodirbek Abdusattorov esa 3,5 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 8-o'rinni egallab turibdi. Uesli So va Anish Giri hisobida ham 3,5 tadan ochko bor. Bugun Nodirbek so'nggi 9-turda qora donalarda turnirda ikkinchi raqam ostida saralangan Yan Nepomnyashhiy (FIDE, 2770)ga qarshi bahs olib boradi. 

Malumot uchun, "Superbet Chess Classic Romania" turnirining mukofot jamg'armasi 350 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. CHempion grossmeyster 100 000 dollarni qo'lga kiritadi. 

Turnir ishtirokchilari: Fabiano Karuana (AQSH, 2805), Yan Nepomnyashhiy (FIDE, 2770), Nodirbek Abdusattorov (O'zbekiston, 2766), Dommaraju Gukesh (Hindiston, 2763), Uesli So (AQSH, 2757), Rameshbabu Pragnanandxa (Hindiston, 2747), Anish Giri (Niderlandiya, 2745), Alireza Firuzdja (Franciya, 2737), Maksim Vashe-Lagrav (Franciya, 2732), Bogdan-Danel Dyak (Ruminiya, 2680).

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing