25 jan 00:23
Yangiliklar
SHaxmat
Nodirbek Abdusattorovdan navbatdagi g'alaba! Hamyurtimiz peshqadamlikni saqlab qoldi
Veyk-an-Zee shahrida (Niderlandiya) shaxmat bo'yicha "Tata Steel Chess-2024" musobaqasi o'zining qizg'in pallasiga kirdi.
Bugun musobaqada o'ninchi partiya bellashuvlari o'tkazildi.
Hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorovga bugungi bahsda niderlandiyalik Maks Varmerdam raqiblik qildi. Quvonarlisi, olti soat davom etgan bahsda qora donalarda harakat qilgan Nodirbek Abdusattorov g'alaba qozondi.
Ushbu g'alaba orqali Abdusattorov ochkolari sonini 6,5 taga etkazib oldi va turnir jadvalida peshqadamlikni saqlab qoldi.
Malumot o'rnida, ertaga turnirda dam olish kuni hisoblanadi. 11-tur o'yinlari 26 yanvar kuni o'tkaziladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar