29 fev 23:08
Yangiliklar
SHaxmat
Nodirbek Abdusattorovdan yana bir g'alaba, u dunyo reytingida 8-o'ringa ko'tarilib oldi!
CHexiya poytaxti Praga shahrida shaxmat bo'yicha "Prague International Chess Festival" turniri bo'lib o'tmoqda.
Ushbu musobaqada Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etyapti.
Bugun turnirning 3-raund bahslari bo'lib o'tdi. Unda hamyurtimiz mezbon sportchi David Navarraga qarshi dona surdi va g'alabaga erishdi.
Ushbu g'alabadan so'ng Nodirbekning ochkolari soni 2,5taga etdi va u ayni paytda turnirda 2-o'rinni egallab turibdi. Musobaqa peshqadami, eronlik Parham Magsdogluda ham 2,5 ochko mavjud.
Etiborlisi, Abdusattorov mazkur g'alaba orqali reyting ochkosini 2757ga etkazib oldi va dunyo reytingida sakkizinchi o'ringa ko'tarilib oldi. Bu orqali Abdusattorov o'zbek shaxmatchilari o'rtasida o'zi o'rnatgan rekordni yanada yaxshiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar