30 jan 15:17
Yangiliklar
SHaxmat
Nodirbek Abdusattorovni Germaniyadagi 130 ming evrolik superturnir kutmoqda
15-26 fevral kunlari Germaniyaning Dyusseldorf shahrida shaxmat bo'yicha "WR Chess Masters" turniri tashkil etiladi.
Sovrin jamg'armasi 130 ming evroni tashkil etadigan turnirda hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etadi.
Turnirda umumiy hisobda 10 nafar shaxmatchi sovrinli o'rinlar uchun kurash olib boradi.
Musobaqada Nodirbekdan tashqari Yan Nepomnyashiy, Anish Giri, So Uesli, Levon Aronyan, Yan-Kristof Duda, Gukesh, Vincent Keymar, Pragnananda, Andrey Espienko kabi grossmeysterlar dona surishadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar