30 okt 00:10
Yangiliklar
SHaxmat
Nodirbek Abdusattorovning Nakamuraga qarshi o'yini yakunlandi
Islandiyada "FIDE World Fischer Random Chess Championship 2022" musobaqasi o'z yakuniga etib bormoqda.
Bugun hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov yarim finalda amerikalik Xikaru Nakamuraga qarshi dona surdi.
Afsuski, Nodirbek uchta partiyada ham imkoniyatni boy berib qo'ydi va yakunda 0:6 hisobi qayd etildi. (Har bir partiyadagi g'alaba uchun shaxmatchilar 2 ochkoga ega bo'lishadi).
Endi Abdusattorov 3-o'rin uchun kurash olib boradi. Uning 3-o'rin uchun bahsdagi raqibi Magnus Karlsen yoki Yan Nepomnyashiy bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar