07 mar 12:40
Yangiliklar

Nodirbek Prague Chess Festival chempionligiga yaqin
Dunyoning kuchli grossmeysterlarini o'zida jamlagan musobaqa "Masters", "Challengers" va "Futures" guruhlarida tashkil etilyapti. Quvonarlisi, "Challengers" guruhida qatnashayotgan Nodirbek Yakubboev chempion bo'lishga yaqin turibdi.
Hamyurtimiz 8-tur uchrashuvida qora donalarda o'ynashiga qaramay, chexiyalik Richard Stalmachni mag'lubiyatga uchratib, 6,5 ochko bilan turnir jadvalida yakka peshqadam bo'lib oldi. Ikkinchi o'rinni egallab turgan daniyalik Yonas Berre hisobida 6 ochko bor. Franciyalik Maruicci Mark`Andria 5 ochko bilan kuchli uchlikka yakun yasagan.
Bugun so'nggi 9-tur uchrashuvlari o'tkaziladi. Nodirbek oq donalarda Vaclav Finekka qarshi bahs olib boradi. So'nggi tur bizning vaqt bilan soat 15:00da boshlanadi. "Challengers" guruhi g'olibi keyingi yil uchun "Masters" guruhi yo'llanmasini qo'lga kiritadi.
Fikrlar