24 noy 20:49
Yangiliklar
SHaxmat
Nodirbek Yakubboev 3-o'rin uchun kurashmoqda, ilk partiya yakunlandi
Hindistonda shaxmat bo'yicha Jahon kubogi davom etmoqda.
Yurtdoshimiz Nodirbek Yakubboev 3-o'rin uchun bahsda rossiyalik Andrey Esipenkoga qarshi bahs o'tkazmoqda.
Bugun tomonlar ilk partiyada to'qnash kelishdi va unda Nodirbek afsuski imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Endi Yakubboev ertaga oq donalarda g'alaba qozonishga urinib ko'radi. Agar u g'alabaga erishsa, mazkur qarama-qarshilik g'olibi tay-breykda aniqlanadi.
Avvalroq, boshqa bir yurtdoshimiz Javohir Sindarov finalda xitoylik Yi Vey bilan 1-partiyada durang o'ynagani haqida xabar qilgandik.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar