25 avg 08:34
Yangiliklar

Nodirbek Yakubboev 61th Rubinstein Memorial chempioni!
O'z tarixida 61-marotaba tashkil etilgan ushbu musobaqa 7 ta guruhda o'tkazilib, kuchlilar jam bo'lgan “ALREH” guruhida hamyurtimiz, xalqaro grossmeyster Nodirbek Yakubboev bosh sovrin sohibiga aylandi. Ushbu guruhdan 10 nafar grossmeyster o'rin olgan bo'lib, g'olib 9 tur natijasiga ko'ra aniqlandi.
“ALREH” guruhi ishtirokchilari: Aravindh CHithambaram (Hindiston) – 2723, Igor Kovalenko (Ukraina) – 2676, Maykl Adams (Angliya) – 2663, Nodirbek Yakubboev (O'zbekiston) – 2663, Mattias Bluebaum (Germaniya) – 2660, David Navara (CHexiya) – 2650, Radoslav Voytashek (Polsha) – 2648, Mateush Bartel (Polsha) – 2576, Pavel Teclaf (Polsha) – 2571, Yan Klimkovski (Polsha) – 2517
So'nggi 9-turda Nodirbek Yakubboev o'zi uchun kerakli natija qayd eta oldi. U ukrainalik grossmeyster Igor Kovalenko bilan durangga imzo chekdi. Musobaqa yakunlanishiga bir tur qolgan bir paytda Nodirbek eng yaqin taqibchisi germaniyalik grossmeyster Mattias Blubaumdan bir ochkoga o'zib ketgandi. Sakkizinchi turda Yakubboev aynan Mattias bilan durang o'ynagan edi.
SHu tariqa, Nodirbek Yakubboev 9 imkoniyatdan 6,5 ochko jamg'arib, Rubinstein Memorial 2025 chempionligini qo'lga kiritdi. Grossmeysterimiz o'z hisobiga +18.2 ochko qo'shib qo'yishi natijasida LIVE reyting jadvalida 15 pog'onaga yuqorilab, 45-o'rindan joy egalladi.
Fikrlar