So’nggi yangiliklar

13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0

24 avg 11:53
Yangiliklar

SHaxmat

Nodirbek Yakubboev asosiy raqibi bilan durang o'ynadi

Yosh grossmeysterimiz bugun 61th Rubinstein Memorial turniri chempioniga aylanishi mumkin, buning uchun durang kifoya bo'ladi.

Polshaning Polyanica-Zdruy shahrida o'tkazilayotgan shaxmat bo'yicha ananaviy “Akiba Rubinstein International Chess Festival” turnirida 8-tur ortda qoldi. O'z tarixida 61-marotaba tashkil etilayotgan ushbu musobaqa 7 ta guruhda o'tkazilayotgan bo'lib, kuchlilar jam bo'lgan “ALREH” guruhida hamyurtimiz, xalqaro grossmeyster Nodirbek Yakubboev bosh sovringa asosiy davogar bo'lib turibdi. Ushbu guruhdan 10 nafar grossmeyster o'rin olgan bo'lib, g'olib 9 tur natijasiga ko'ra, yani bugun aniqlanadi. 

“ALREH” guruhi ishtirokchilari: Aravindh CHithambaram (Hindiston) – 2723, Igor Kovalenko (Ukraina) – 2676, Maykl Adams (Angliya) – 2663, Nodirbek Yakubboev (O'zbekiston) – 2663, Mattias Bluebaum (Germaniya) – 2660, David Navara (CHexiya) – 2650, Radoslav Voytashek (Polsha) – 2648, Mateush Bartel (Polsha) – 2576, Pavel Teclaf (Polsha) – 2571, Yan Klimkovski (Polsha) – 2517

Kecha o'tkazilgan 8-turda Nodirbek Yakubboev eng yaqin taqibchisi germaniyalik grossmeyster Mattias Blubaum bilan durangga imzo chekdi. Vaholanki, Nodirbek bu uchrashuvda g'alabaga juda yaqin edi. SHunga qaramay, Yakubboev 6 ochko bilan turnir jadvalidagi yakka peshqadamligini saqlab qoldi. Mattias 5 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 2-o'rinni saqlab qoldi. CHexiyalik David Navara va polshalik Radoslav Voytashek hisobida ham 5 tadan ochko bor. 

Bugun hamyurtimiz so'nggi 9-turda ukrainalik grossmeyster Igor Kovalenkoga qarshi qora donalarda o'ynaydi. Kovalenko 4 ochko bilan 5-o'rindan joy olgan. Ushbu bahsdagi durang natija ham Nodirbek Yakubboevni 61th Rubinstein Memorial chempioniga aylantiradi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing