25 apr 12:58
Yangiliklar
SHaxmat
Nodirbek Yakubboev - Freestyle Friday g'olibi!
Haftaning har juma kunlari dunyo shaxmat yulduzlari ishtirokida onlayn tarzda o'tkaziladigan Freestyle Friday turnirining kechagisi hamyurtimizning g'alabasi bilan yakuniga etdi.
Grossmeysterimiz Nodirbek Yakubboev 11 imkoniyatdan 10 ochko jamg'arib, yakka peshqadam sifatida turnir g'olibiga aylandi. SHaxmatchimiz 400 AQSH dollari miqdoridagi oz bo'lsa-da, mukofot puliga ega bo'ldi. Yana bir grossmeysterimiz SHamsiddin Vohidov 7 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 13-pog'onadan joy oldi.

Hindistonlik Pranav 9,5 ochko bilan ikkinchi o'rinni band etgan bo'lsa, 9 ochko jamg'argan amerikalik Hans Mok Niemann kuchli uchlikka yakun yasadi. Dunyoning uchinchi raqamli shaxmatchisi amerikalik Fabiano Karuana 8 ochko bilan 6-o'rindan joy oldi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar