So’nggi yangiliklar

19:00Усикнинг қачон рингга қайтиши айтилди 0 18:33Нурмагомедов мағлубиятидан сўнг UFC рейтингида пастлади 0 17:59МЮ Бруну Фернандешни энг кўп маош олувчи ўйинчисига айлантиришга тайёр 0 17:30Богдан Гусков Нурмагомедовнинг UFC`даги иккинчи мағлубиятига муносабат билдирди 0 16:57UFC 332 турнирининг асосий жанги Шевченко иштирокида кечади 0 16:27Усик ўзининг камари учун кечган Итаума - Хргович жангига муносабат билдирди 0 15:52Ямаль кучли бешлик лигаларининг рекордини янгилади 0 15:23Самарқанд мезбонлик қиладиган FIDE Chess Olympiad 2026 стартига икки ҳафта қолди 0 14:50Хитой "Челленжер"ида ўзбек дербиси бўлиб ўтди 0 14:19O’Мэлли: "Сонг – Мераб учун катта муаммо, уларнинг жангини кўришни истайман" 0 13:47"Челси"нинг икки футболчиси "Тоттенхэм"га ўтмоқда 0 13:18Қатар Осиё чемпиони бўлган қитъа биринчилигида Ўзбекистон терма жамоаси нечанчи ўринни эгаллади? (+ФОТО) 0 12:46Ҳасанбой Дўсматов янги менежерлик компанияси билан шартнома имзолади + ФОТО 0 12:14Хавьер Мендес Нурмагомедовнинг нокаути ҳақида: "Ёнида бўлишим керак эди" 0 11:45Жек Грилиш яна ижарага кетмоқда 0

21 avg 16:42
Yangiliklar

SHaxmat

Nodirbek Yakubboev Polshadagi nufuzli turnirda peshqadamlik qilmoqda

Polshaning Polyanica-Zdruy shahrida shaxmat bo'yicha ananaviy “Akiba Rubinstein International Chess Festival” turniri davom etyapti.

O'z tarixida 61-marotaba tashkil etilayotgan ushbu musobaqa 7 ta guruhda o'tkazilayotgan bo'lib, kuchlilar jam bo'lgan “ALREH” guruhida hamyurtimiz, xalqaro grossmeyster Nodirbek Yakubboev ham bosh sovrin uchun kurash olib bormoqda. Ushbu guruhdan 10 nafar grossmeyster o'rin olgan bo'lib, g'olib 9 tur natijasiga ko'ra aniqlanadi. 

“ALREH” guruhi ishtirokchilari: Aravindh CHithambaram (Hindiston) – 2723, Igor Kovalenko (Ukraina) – 2676, Maykl Adams (Angliya) – 2663, Nodirbek Yakubboev (O'zbekiston) – 2663, Mattias Bluebaum (Germaniya) – 2660, David Navara (CHexiya) – 2650, Radoslav Voytashek (Polsha) – 2648, Mateush Bartel (Polsha) – 2576, Pavel Teclaf (Polsha) – 2571, Yan Klimkovski (Polsha) – 2517

Quvonarlisi, 5-turdan so'ng Nodirbek Yakubboev 3,5 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra peshqadamligini saqlab qoldi. Yakubboev 5-turda chexiyalik taniqli grossmeyster David Navaraga qarshi qora donalarda o'ynab, durangga imzo chekdi. Bu turda qora donalarda harakat qilganiga qaramay, angliyalik Maykl Adamsni mag'lubiyatga uchratgan germaniyalik Mattis Bluebaum ochkolarini 3,5 taga etkazib, uchinchi o'ringa ko'tarilib oldi. Ikkinchi pog'onadagi Radoslav Voytashek hisobida ham 3,5 ochko bor. Bugun 6-turda Nodirbek oq donalarda mezbon shaxmatchi Pavel Teclavga qarshi bahs olib boradi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing