22 avg 15:25
Yangiliklar

Nodirbek Yakubboev Polshadagi nufuzli turnirdagi peshqadamligini mustahkamladi
O'z tarixida 61-marotaba tashkil etilayotgan ushbu musobaqa 7 ta guruhda o'tkazilayotgan bo'lib, kuchlilar jam bo'lgan “ALREH” guruhida hamyurtimiz, xalqaro grossmeyster Nodirbek Yakubboev ham bosh sovrin uchun kurash olib bormoqda. Ushbu guruhdan 10 nafar grossmeyster o'rin olgan bo'lib, g'olib 9 tur natijasiga ko'ra aniqlanadi.
“ALREH” guruhi ishtirokchilari: Aravindh CHithambaram (Hindiston) – 2723, Igor Kovalenko (Ukraina) – 2676, Maykl Adams (Angliya) – 2663, Nodirbek Yakubboev (O'zbekiston) – 2663, Mattias Bluebaum (Germaniya) – 2660, David Navara (CHexiya) – 2650, Radoslav Voytashek (Polsha) – 2648, Mateush Bartel (Polsha) – 2576, Pavel Teclaf (Polsha) – 2571, Yan Klimkovski (Polsha) – 2517
Quvonarlisi, 6-turda Nodirbek Yakubboev muhim g'alabani qo'lga kiritdi. Grossmeysterimiz oq donalarda mezbon shaxmatchi Pavel Teclavni mag'lubiyatga uchratdi. Bu bilan Yakubboev o'z ochkolarini 4,5 taga etkazib, yakka peshqadamligini mustahkamlab oldi.
Fikrlar