08 mar 10:58
Yangiliklar

Nodirbek Yakubboev Prague Chess Festival turniri chempioni!
Dunyoning kuchli grossmeysterlarini o'zida jamlagan musobaqa "Masters", "Challengers" va "Futures" guruhlarida tashkil etildi. Musobaqaning "Challengers" guruhida hamyurtimiz Nodirbek Yakubboevning qatnashayogani va u chempionlik uchun juda yaqin turgani haqida xabar bergan edik.
Quvonarlisi, yosh grossmeysterimiz yakunda "Challengers" guruhi g'olibiga aylandi. U bosh sovrin bilan birga kelasi yili turnirning kuchlilar jam bo'lgan "Masters" guruhida qatnashish huquqini ham qo'lga kiritdi.
Yakubboev so'nggi 9-turda oq donalarda Vaclav Finek bilan durang o'ynadi. Bundan esa uning eng yaqin taqibchisi daniyalik Yonas Berre foydalanib qoldi. U g'alaba evaziga ochkolarini Nodirbek bilan tenglashtirib oldi. Natijada chempion nomini qo'shimcha tay-brek aniqlab berdi. Birinchi partiyada shaxmatchimiz muqarrar mag'lubiyatni durangga aylantirdi. Ikkinchi partiyada esa raqibini chiroyli tarzda taslim etdi.
Fikrlar