So’nggi yangiliklar

13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0

23 avg 13:46
Yangiliklar

SHaxmat

Nodirbek Yakubboevda yana g'alaba, u 61th Rubinstein Memorial chempionligiga yaqin!

Polshaning Polyanica-Zdruy shahrida o'tkazilayotgan shaxmat bo'yicha ananaviy “Akiba Rubinstein International Chess Festival” turniri o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.

O'z tarixida 61-marotaba tashkil etilayotgan ushbu musobaqa 7 ta guruhda o'tkazilayotgan bo'lib, kuchlilar jam bo'lgan “ALREH” guruhida hamyurtimiz, xalqaro grossmeyster Nodirbek Yakubboev ham bosh sovrin uchun kurash olib bormoqda. Ushbu guruhdan 10 nafar grossmeyster o'rin olgan bo'lib, g'olib 9 tur natijasiga ko'ra aniqlanadi. 

“ALREH” guruhi ishtirokchilari: Aravindh CHithambaram (Hindiston) – 2723, Igor Kovalenko (Ukraina) – 2676, Maykl Adams (Angliya) – 2663, Nodirbek Yakubboev (O'zbekiston) – 2663, Mattias Bluebaum (Germaniya) – 2660, David Navara (CHexiya) – 2650, Radoslav Voytashek (Polsha) – 2648, Mateush Bartel (Polsha) – 2576, Pavel Teclaf (Polsha) – 2571, Yan Klimkovski (Polsha) – 2517

Quvonarlisi, 7-turda Nodirbek Yakubboev yana bir muhim g'alabani qo'lga kiritdi. Grossmeysterimiz o'yin startida o'z farzinini ruh va filga almashtirib yuborganiga qaramay, yakunda nafaqat durang, balki g'alabani ham yulib oldi. Yakubboev angliyalik tajribali grossmeyster Maykl Adamsni mag'lubiyatga uchratdi. Farzinsiz farzinli raqibni yutish juda kam holatda uchraydi. Bu bilan Nodirbek o'z ochkolarini 5,5 taga etkazib, yakka peshqadamligini davom ettirmoqda. 

Bugun hamyurtimiz 8-turda eng yaqin taqibchisi, 4,5 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 2-o'rinni egallab turgan germaniyalik grossmeyster Mattias Blubaumga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv bizning vaqt bilan soat 18:15'da boshlanadi. Agar Nodirbek bugun g'alaba qozona olsa, muddatidan oldin Polsha turniri chempioni bo'lishi mumkin. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing